YXYukXizmatiBotni ochish →
Telegram yuk bozoriYuk · Mashina · Hamkorlik

Yuk e'lonlari bir joyda. Mashina esa yo'lda.

Telegramdagi yuk guruhlarida har kuni yuzlab e'lon oqib o'tadi. Biz ularni tartiblab, yuk egasi va haydovchini tezroq uchrashtiramiz.

↓ ScrollToshkent--:--:-- GMT+5
01— Yuk egasiga

Yukingizga mashina kerakmi?

Guruhma-guruh aylanib, har bir e'lon ostiga yozib chiqish shart emas.

  1. 01Shahar yoki aniq marshrut bo'yicha qidiring — mos e'lonlar bitta ro'yxatda.
  2. 02“Mashina kerak” rejimida bir soat davomida yangi mos haydovchilar o'zi keladi.
  3. 03Bir e'lon bir necha guruhda takrorlansa ham, sizga bir marta ko'rsatiladi.
02— Haydovchiga

Mashinangiz bo'sh turibdimi?

Bo'sh yo'l — yo'qotilgan pul. Qaytish yo'liga ham yuk toping.

  1. 01Mashina modeli, kuzov turi va sig'imni bir marta kiritasiz.
  2. 02Qayerdasiz, qayerga ketyapsiz, qancha joy bo'sh — e'lon beriladi.
  3. 03Mos yuk qidirayotganlarga e'loningiz avtomatik yetib boradi.
03— Guruh adminiga

Guruhingiz sizniki qoladi.

Biz guruh sotib olmaymiz va reklama sotmaymiz. Botni guruhga qo'shasiz — guruhdagi yuk e'lonlari qidiruvda chiqadi, obunadan tushgan pulning 70% i esa hamkor guruhlar fondiga ketadi.

  1. 01Fond teng bo'linmaydi: shu oyda e'loni ko'proq ko'rilgan guruh ko'proq oladi.
  2. 02Bir yukni boshqa guruhdan ko'chirish pul bermaydi — birinchi chop etgan guruh oladi.
  3. 03Shart: guruh tavsifida bot username'i turadi. Oy yopilgach ulush hamyonga tushadi.

Hech kim qidirmagan oyda ulush ham bo'lmaydi. Biz faqat haqiqiy foydani bo'lishamiz.

04— Tariflar

Obuna — oddiy va ochiq.

Oylik yoki yillik tarif. To'lov Payme yoki Click orqali, bot ichida.

T-01Doimiy ish uchun

1 oylik

Narx — botda

T-12Eng tejamli

1 yillik

Narx — botda

  1. 01Shahar va marshrut bo'yicha yuk qidiruvi
  2. 02Mashina topish rejimi
  3. 03O'zbek, rus, ingliz tillarida va kirill yozuvida

Joriy narxlar botdagi “Tarif sotib olish” bo'limida ko'rsatiladi.

05— Manzil

Yetib keldik.

Botni oching, tilni tanlang va birinchi qidiruvni boshlang.